Back to news

E’lon: Yoshlar ittifoqi faollariga OTMga kirishda imtiyozlar

This article is currently available in Uzbek only.

E’lon: Yoshlar ittifoqi faollariga OTMga kirishda imtiyozlar

Hurmatli ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ullar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-sonli qaroriga muvofiq quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun Yoshlar ittifoqining sardorlari, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilari hamda tizimda kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan faol yoshlar nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Shu munosabat bilan, Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, Yoshlar ittifoqi tizimidagi yetakchilar yoki yo‘nalish koordinatorlarining tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berishingiz hamda amaliy yordam ko‘rsatishingiz so‘raladi.

🗓 Izoh: Namunaviy hujjatlar 2026-yil 18-aprel kuniga qadar Andijon shahar Yoshlar markazida viloyat ishchi komissiyasiga taqdim etilishi lozim.

Hurmat bilan, Kasbiy ta’lim boshqarmasi matbuot hizmati