Chet tilida fan o‘qitgan pedagoglarga 100 foizgacha ustama

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qo‘shma qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (https://lex.uz/uz/docs/8242595)
✔️Mazkur hujjatga muvofiq, chet tilida maxsus fanlarni oʻqitganlik uchun texnikum pedagoglariga tegishli xorijiy tildan B2 yoki C1 darajadagi sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan quyidagi miqdorlarda har oylik ustamalar belgilanadi: B2 darajasidagi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog xodimlar uchun — bazaviy lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz miqdorida; C1 darajasidagi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog xodimlar uchun — bazaviy lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz miqdorida. Bizni kuzating